Sizning Digital sohasidagi
biznesingiz uchun
kompleks yechimlar

Pem Mur:

«Siz shirkatlarga va ularning orqasida turgan odamlarga sarmoya kiritib, hech qachon yutqazmaysiz»

Set Godin:

«Xatolarning narxi harakatsizlikning narxidan ancha arzonroq»

Rand Fishkin:

«Aloqalar oʻrnatmang. Munosabatlar oʻrnating»

Skott Kuk:

«Brend – biz isteʼmolchiga aytayotgan narsa emas, brend bu isteʼmolchilar bir-birlariga aytayotgan narsa»

Jey Ber:

«Kontent – olov, ijtimoiy tarmoqlar esa benzin»

DIGITAL VITE
Haqida

Internet marketing vositalaridan foydalangan holda kichik va oʻrta biznes uchun biznes masalalarini hal qilish boʻyicha mutaxassislar.

Bizning maqsadimiz – mijozlarni jalb qilish va sizning biznesingiz xususiyatlarini hisobga olgan holda marketing investitsiyalarining yuqori rentabelligini taʼminlash uchun samarali individual yechim taqdim etish..

Nima uchun bizga murojaat qilish kerak
Nega bizning xizmatlardan foydalanish kerak:

  • Natijaga intilish

    Belgilangan vazifalarga erishish uchun reklama saytlari va byudjet bilan oʻzaro oqilona va samarali ish olib borish.

  • Natijalarni baholash imkoniyati

    Shartnomada KPIʼni belgilash – natijalarning shaffof baholanishining kafolati

  • Tizimlilik

    Aniq rejalashtirilgan, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan va har bir bosqichda mos oʻlchovlar boʻyicha tahlil qilinadigan ish.

  • Barcha jarayonlarning shaffofligi

    Har hafta siz erishilgan natijalar toʻgʻrisida toʻliq hisobot olasiz.

Biz ish olib boradigan yoʻnalishlar
Bizning xizmatlarimiz:

Web-dasturlash

Sayt kompaniyaning yuzi boʻlib, usiz kompaniya Digital dunyosiga kira olmaydi. Saytni ishlab chiqayotganda bizning agentligimiz boʻlajak saytning samaradorligiga eʼtibor beradi. Biz loyihalash bosqichidayoq kelgusidagi targʻibot, reklama va mijozlarni jalb qilish ishlarining muhim ahamiyatini hisobga olamiz.

Kontekstli reklama

Яндекс Директ va GoogIe Adwardsʼdagi reklama – bu mijozlarni jalb qilish borasidagi juda kuchli vosita. Reklamaning bu usuli yordamida siz savdoda yuqori konversiyaga ega qidiruv natijalaridan potensial mijozlarni jalb etish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Targeting

Instagram va Facebookʼda reklama – bu sizda yangi mahsulot boʻlganda yoki u haqda kam odam bilganda, sizga juda kerak boʻladigan narsa. Shuningdek, mahsulot yoki xizmatni maqsadli auditoriya qanday qabul qilishi borasidagi sinovlarni oʻtkazish imkoniyati.

SEO-optimallashtirish

Bu saytni qidiruv tizimlarida yetakchi oʻringa koʻtarish boʻyicha harakatlar toʻplami. Bu vosita sizga foydalanuvchilar guruhini keng qamrab olishga, foydalanuvchilarning ishonchini oshirishga, shuningdek, organik (bepul) trafikdan arizalar olishga va savdoni amalga oshirishga imkon beradi.

Brending

Brending isteʼmolchining sizning mahsulotingiz yoki xizmatingizga, insonning hissiy idrokiga sodiqligini shakllantiradi. Biz ishni logotiplardan boshlaymiz va foydalanuvchilarning ishonchi va mijozlarning talabini oshirish maqsadida neyminglar, brendbuklar, aydentika va gaydbuk ishlab chiqamiz.

Savdo boʻlimi

Biz savdo boʻlimlarini har tomonlama toʻliq yaratib sizga tayyor holda taqdim etamiz. Menejerlarni yollaymiz, oʻqitamiz va ishini avtomatlashtiramiz. Biz jarayonlarni tizimlashtiramiz va mijoz bilan oʻzaro aloqa motivatsiyasini tayinlaymiz. Siz sotuvda yakuniy natijani sotib olasiz.

Nima uchun bizga murojaat qilish kerak
KIMLAR UCHUN:

Oʻz sohasida eng yaxshi natijalarga erishmoqchi boʻlganlar uchun.

Xususiy tadbirkorlar

Agar siz oʻz biznesingizga ega boʻlsangiz va sizda marketing boʻlimi boʻlmasa, yoki uning samaradorligini oshirishni istasangiz, unda biz sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz uchun trafik kanallarini har tomonlama aniqlash va optimallashtirishga yordam beramiz.

Mutaxassislar

Agar siz maʼlum bir sohaning mutaxassisi boʻlsangiz va shaxsiy brendingizni targʻib qilishni xohlasangiz, unda bizning jamoamiz sizning gʻoyalaringizni eng maqbul va samarali tarzda amalga oshirishda yordam beradi.

Ish bosqichlari:

01

Biznesga shoʻngʻish

Biz brifing oʻtkazamiz va hamkorlik xaritasini tuzamiz, shundan soʻng sizning biznesingizga moslashtirilgan individual targʻibot strategiyasini ishlab chiqamiz.

01
02

Media rejalashtirish

Media rejalashtirish bu asosiy bosqichlaridan biri boʻlib, biz unda reklama kreativlari uchun gipotezalarni shakllantiramiz, amaldagi trafik kanallari boʻyicha byudjetlarni taqsimlaymiz va sizning tashkilotingiz uchun mediali strategiyani ishlab chiqamiz.

02
03

Tayyorlash va ishga tushirish

Tayyorgarlikni analitikani sozlash va sinov tariqasida oʻtkaziladigan reklama tadbirlari uchun ham, asosiy reklama vazifalari uchun ham reklama materiallarini yaratish bilan boshlaymiz.

03
04

Tahlil va optimallashtirish

Biz sinov tariqasida oʻtkaziladigan reklama tadbirlaridan olingan dastlabki maʼlumotlarni tahlil qilamiz va reklama tadbirlarining sifatini oshirishga qaratilgan taktik optimallashtirishlarni oʻtkazamiz.

04
05

Rivojlantirish

Sizning loyihangiz ustida har kuni olib boriladigan ishlar hisobiga loyihangizning rivojlanishiga, reklama kreativlarining sifatini oshirishga va reklama tadbirlarini sozlashni optimallashtirishga erishamiz.

05
06

Hisobot tuzish

Har oyning oxirida biz barcha reklama va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xarajatlarni hisobga olgan holda hisobot tuzamiz. Biz targʻibot natijalari boʻyicha Unit-iqtisod maʼlumotlarini tahlil qilamiz va keyingi reklama tadbirlari uchun oʻsish nuqtalarini aniqlab olamiz.

06

*Oʻz biznesingizni yaxshilash uchun bepul
chek-listni yuklab oling!

Bizning portfoliomiz
Keyslar:

Quyoshli - Xonadonlar savdosi

Quyoshli Group texnologik turar-joy majmuasi quruvchisi uchun butun to’plamdagi qadoq

368
ta lid + 268%
10
ta savdo
0.1$
bitta lid narxi

Maxgreen

Qishloq xoʻjaligi uskunalari va issiqxonalarni sotish uchun potensial mijozlarni jalb qilish

2074
ta ariza
7
ta savdo
0.12$
bitta lid narxi

Slg

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi binolarni sotish boʻyicha kompleks yechimlar

261
ta lid
8
ta savdo

Avocado

kompaniyaning taniqliligini oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar doʻkonlarida onlayn-doʻkonni targʻib qilish

+175%
ta ariza
+50%
savdo
5678
ta saytga oʻtishlar

Sundus

ulgurji mijozlarni jalb qilish maqsadida landing-page yaratish

Yaratish
Sayt

Belshina

Belshina shinalar ishlab chiqaruvchisi uchun bir sahifali saytni kompleks ishlab chiqish va trafikni sozlash

+178
arizalar
-43%
ariza narxi

Bizning hamkorlarimiz
Bizga ishonishadi:

Bizning hamkorlarimiz
Biz quyidagi muammolarni hal qilamiz:

Savdo kamligi

Biz digital sohasidagi kompleks marketing yechimlari orqali sizning savdo-sotigʻingizni ragʻbatlantiramiz va mijozlarning sodiqligini oshiramiz.

Brendning taniqliligini oshirish

Kontekstli, maqsadli reklama va seo optimallashtirishni yoʻlga qoʻyish orqali biz sizning brendingiz haqida mijozlarning xabardorligini oshiramiz.

Mijozlarning bexabarligi

Biz sizning mahsulotingiz toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish maqsadida sizning maqsadli auditoriyangiz uchun reklama kreativlarini ishlab chiqamiz va ishga tushiramiz.

Ijrochilarga ishonch

Agentlik qilingan ishlar haqida haftalik va oylik hisobotlarni taqdim etish orqali shartnomaga amal qiladi.

Targʻibot ishlari uchun platforma

Ishni boshlashdan oldin biz auditorlik tekshiruvini oʻtkazamiz va u yerda sizning tovar va xizmatlaringizni targʻib qilish uchun qulay joylarni aniqlaymiz.

Sizda allaqachon reklama bor-u, lekin u natija bermayaptimi? Biz buning sababini topamiz!





*Bir-ikkita savollarga javob bering va joriy reklama
loyihangiz uchun bepul audit oling.

Qanaqasiga oxirigacha varaqlab chiqib,
lekin ariza qoldirmasligingiz mumkin?

Sizning aqlingizdagi soʻnggi shubhani ham yoʻq qilishimiz uchun – ariza qoldiring va bizning menejerimiz siz bilan bogʻlanib, bepul maslahat beradi.

DIGITAL VITE

Sizning biznesingiz uchun
kompleks yechimlar

DIGITAL VITE

Sizning biznesingiz uchun
kompleks yechimlar